Биласизми !!!

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalari auksionsiz:

(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi 63-son qaroriga asosan)

🔹halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;

🔹tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida turar joyini yo‘qotgan jabrlangan shaxslarga;

🔹davlat va xususiy uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga beriladi.

❌ Yer uchastkasini berish bo‘yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa aʼzolariga tatbiq etilmaydi.