Bugun Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan “Geodeziya faoliyati uchun” 2 ta korxonaga litsenziyalar topshirildi

“Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 29-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 14 noyabrdagi 510-son qaroriga muvofiq, Davergeodezkadastr qo‘mitasi yuridik shaxslarga Geodeziya va Kartografiya faoliyati uchun litsenziya taqdim etadi.

GEODEZIYA FAOLIYATI UCHUN QO‘YIDAGI YO‘NALISHLARDA LITSENZIYA BERILADI:

Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlar:

gravimetrik aniqlashlar, davlat geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish, rivojlantirish va ish holatida saqlash, yerni masofadan tekshirish, geodinamik tadqiqotlar chog‘ida geodezik aniqlashlar.

1:10000, 1:25000 masshtablarda topografik va maxsus suratga olishlar.

Maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar:

maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus suratga olishlar, har xil inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda muhandislik-geodeziya ishlari, yerlarni chegaralashda, davlat kadastrlarini yuritishda, geologiya, marksheyder ishlari va boshqa ishlarda geodeziya va topografiya ishlari, muhandislik izlanishlari va boshqa izlanishlarda geodeziya va topografiya ishlari.

KARTOGRAFIYA FAOLIYATI UCHUN QO‘YIDAGI YO‘NALISHLARDA LITSENZIYA BERILADI:

Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlar:

grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200000, 1:500000, 1:1000000 masshtabi topografiya rejalari va xaritalarini tuzish va nashr etish, grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotnoma xaritalari hamda tarmoqlararo ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa mavzuli xaritalar va atlaslar, o‘quv kartografiya qo‘llanmalari tuzish va nashr etish, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.

 

Maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar:

grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus rejalar hamda xaritalar tuzish va nashr etish, grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan mavzuli xaritalar va atlaslar tuzish va nashr etish, maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.

 

Bugun “MUQAYYAS GROUP” MCHJ hamda “PRECISE” xususiy korxonasiga litsenziyalar taqdim etildi.