Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Shu yil 15- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda YUNISEF vakillari ishtirokida multiindikator klaster kuzatuvini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoseminarda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, supervayzer va kartograflar, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, viloyat “Yermulkkadastr” Davlat Korxonasi vakillari ham ishtirok etdi.