Hamkorlik 2020 yil

Avval aytib o’tganimizdek Xalqaro valyuta fondining O’zbekistonga tashrifi doirasida “Mulkka nisbatan solinadigan soliq tizimini takomillashtirish” loyihasi yuzasidan, bugun, joriy yilning 3 mart kuni Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazida mazkur missiya ekspertlari hamda Davyergeodezkadastr qo’mitasi mutaxassislari bilan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda ekspertlar loyiha uchun zarur bo’lgan quyidagi savollarga mutaxassislardan javob olishdi:
— hududlar kesimida va turlariga qarab umumiy ko’chmas mulklarning soni;
— ohirgi 3 yil davomida ko’chmas mulklar bo’yicha oldi-sotdi shartnomalarining hajmi;
— yerga nisbatan ijara shartnomalarining soni;
— kadastr baholashda ishlatiladigan indekslarning tasnifi.