Yangi na’munadagi kadastr pasporti. Zamonaviy va xavfsiz.

O‘zbekiston Respublikasining yangi shakldagi kadastr hujjati NFC — smart chipi o‘rnatilgan plastik kartadan iboratdir. U eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga ega.
Ushbu texnologiyaning afzalliklari orasida kommunal to‘lovlarni yangi kadastr kartasi orqali to‘lash imkoniyatini ta’kidlash mumkin, bu to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va kommunal instansiyalarning ish samaradorligini oshiradi.
Kommunal xizmatlarni mulk bilan bog‘liqligi ularni hisoblash va to‘lash sohasidagi islohotlarni o‘sishini ta’minlaydi va samaradorligini oshiradi.

«Smart karta»ning narxi an’anaviy kadastr pasportidan farq qilmaydi. «Smart karta» qonunchilikda belgilangan tartibda narxlanadi. Aholi «smart karta» uchun qo’shimcha pul sarflamaydi. 

 

Habibullayev Sherzodxo’ja