3 kunlik seminar-trening o’z ishini boshladi

Bugun Davyergeodezkadastr qo’mitasining hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlari matbuot kotiblari uchun “Samarali PR-xizmat: zamonaviy tendensiyalar va zaruriy ko’nikmalar” mavzusida 3 kunlik seminar-trening o’z ishini boshladi. 

Tashkil etilgan seminardan ko’zlangan asosiy maqsad endi o’z faoliyatini boshlagan PR-xizmatlari xodimlari malakasini oshirish, ularning professional bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashdan iborat. 

Qo’mita raisning matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi N.Atamuratov:

“Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida shiddat bilan axborotlar almashilmoqda. Ularning orasida qaysi biri ishonchli ekanligini fuqarolar ajratib olishi murakkab. Bunda matbuot kotiblarining ham aybi bor. Birinchi manba bo’lishni uddalay olmaslik axborotni boshqa manbalar orqali buzib talqin qilinishiga olib kelmoqda. Seminarda ko’zlangan maqsad matbuot kotiblarini tezkorlik, aniqlik va shaffoflikka o’rgatish”

Mazkur seminar qo’mitaning Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.