Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tdi

Buxoro viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi nazorat sho’basi boshlig‘i tomonidan 2020 yil 26 yanvar kuni tasdiqlangan reja-grafikka asosan joriy yilning 28 — yanvar kuni «Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish uchun xujjatlarni rasmiylashtirish» mavzusida amaliy seminar o‘tkazish belgilangan.

Buxoro va Jondor tumanlari Qorako’l, Kogon, Qorovulbozor, Romitan hamda Buxoro shahar Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilishni amalga oshirishda faoliyat yuritayotgan davlat inspektorlari ishtirokida o’quv amaliy seminar bo’lib o’tdi.