Donayeva Xolbibining “YouTube” ijtimoiy tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qilgan murojaati o‘rganib chiqildi

Surxondaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan Sariosiyo tumani, “Gulobod” mahallasida yashovchi fuqaro Donayeva Xolbibining “YouTube” ijtimoiy tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

Sariosiyo tumani, Sariosiyo qishloq fuqarolar yig‘ini tarkibidagi “Yangi turmush” mahallasida joylashgan, umumiy yer maydoni 1019.0 kv.metrdan iborat beton devor to‘sig‘i 29.10.2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi ko‘p tarmoqli Agrosanoat birjasi Surxondaryo viloyati filialining 00414/2 5-son shartnomasiga asosan fuqaro Boboyev Murtoza Maxmudovichdan fuqaro Donayeva Tursunoy Sattarovna sotib olinganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi ko‘p tarmoqli Agrosanoat birjasi Surxondaryo viloyati filialining 29.10.2009 yildagi 00414/25-son shartnomasiga asosan fuqaro Donayeva Tursunoy Sattarovna nomiga Sariosiyo tuman Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Sariosiyo tumani hokimining 2010 yil 22 yanvardagi “Sariosiyo qishloq fuqarolar yigini “Yangi turmush” mahallasi hududida joylashgan fuqaro Donayeva Tursunoyning hisobidagi ko‘chmas mulk binosini noturar joydan turar joyga o‘tkazish va mulkdorligini tan olish to‘g‘risida”gi 48-son qaroriga asosan mazkur 1019,0 kv.metr yer maydoni va beton devor to‘sig‘i turar joy toifasiga o‘tkazib berilgan.

Sariosiyo tumani hokimining 2010 yil 22 yanvardagi 48-son qaroriga asosan fuqaro Donayeva Tursunoy nomiga 2010 yil 10 fevralda Sariosiyo tuman Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Fuqaro Donayeva Tursunoyning qizi Donayeva Xolbibi nomiga 2019 yilda Moskva shahri notarial idorasi tomonidan 77/694-n/77-2019-1-2959-reestr raqami bilan ro‘yxatga olingan 77AB9133806- son ishonchnoma berilgan.

Fuqaro Donayeva Xolbibi 06.04.2019 yilda Sariosiyo tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilib, tuman Bosh rejasiga ko‘kalamzorlashtirish ko‘rsatilganligi sababli, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun 0,10 gektar yer maydoni ajratilishini so‘ragan.

Sariosiyo tumani hokimi bilan fuqaro Donayeva Xolbibi o‘rtasida 9.04.2019 yilda kelishuv bitimi tuzilgan.

Mazkur kelishuv bitimining 1-bandi talabiga ko‘ra, Sariosiyo tumani hokimligi tuman markaziy ko‘chasining Batafsil rejalashtirish loyihasi ishlanganligi sababli, fuqaro Donayeva Tursunoyga tumanning “Yangi turmush” mahallasi hududida joylashgan Respublika ko‘p tarmoqli Agrosanoat birjasi Surxondaryo viloyati filialining 29.10.2009 yildagi elektron birjasi savdosida sotilganligi to‘g‘risidagi 00414/25-son shartnomasiga hamda tuman hokimining 22.01.2010 yildagi 48-son qaroriga asosan tegishli bo‘lgan 1019,0 kv.metrdan yer maydoni Sariosiyo tumani markaziy ko‘chasining ishlangan batafsil rejalashtirish loyixasiga obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ko‘rsatilganligi sababli, ushbu yer maydoni evaziga o‘z roziligi bilan ushbu kelishuvga binoan Sariosiyo tumani Gulobod mahallasi “Chorbog‘’ kishlog‘i hududidagi 7k-konturidan 1000.0 kv.metrdan suvli yer maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratib berilganidan so‘ng 10 ish kunida yer maydonini bo‘shatib berishi nazarda tutilgan.

Kelishuv bitimining 2-bandi talabiga ko‘ra, fuqaro Donayeva Xolbibi onasi Donayeva Tursunoyga tegishli bo‘lgan turar bo‘sh yer maydonini o‘z hisobidan tuman xokimligiga kaytarib berishi belgilangan.

Sariosiyo tumani hokimining 10.04.2019 yildagi 2116-son qarori bilan fuqaro Donayeva Xolbibiga tumanning “Gulobod ’ mahallasi Chorbog‘ qishlog‘i xududidagi 7k-dala konturidan yakka tartibda uy-joy qurnsh uchun 1000.0 kv.metrdan yer maydoni ajratish belgilangan.

Tuman hokimining mazkur qarori O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 45-moddasi (aloxida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar) talabiga zid ravishda qabul qilingani aniqlanganligi sababli, uni bekor qilish haqida 31.10.2019 yilda Sariosiyo tumani prokurori tomonidan protest keltirilgan.

Tuman hokimining 06.11.2019 yildagi 6226-son qarori bilan 10.04.2019      yilgi 2116-son qarori bekor qilingan.

Hozirgi kunda fuqaro Donayeva Xolbibi tomonidan 1019.0 kv.metr yer maydoniga 1 xonali uy-joy qurib foydalanib kelayotganligi hamda mazkur uy- joy va yer maydoniga piyoz ekin maydoni buzilmaganligi, Sariosiyo tuman hokimining 09.11.2019 yildagi 6234-yildagi qaroriga asosan uy-joy va ekin maydoni atrofini o‘rab turgan, beton g‘ishtdan qurilgan devorlar qisman buzilganligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqaro Donayeva Xolbibiga tegishli bo‘lgan Sariosiyo tumani Sharg‘un shahar, Feruz mahallasi Shaxtyorlar ko‘chasi xududida joylashgan 45-son uy-joy Sharg‘un shahrida olib borilgan qurilish ishlari davomida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yo‘l hududida joylashganligi sababli, buzilishga tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2006 yildagi Davlat va jamoat extiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi 97-son qarori talablari asosida ushbu uy-joy o‘rniga Sariosiyo tumani hokimining 13.07.2019 yildagi 4116-son qarori bilan fuqaro Donayeva Xolbibiga Sariosiyo tumani, Sharg‘un shahar, Feruz mahallasi Xurriyat ko‘chasi hududidan 400.0 kv.metr yer maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan hamda 150 mln. 261 ming 090 so‘m kompensatsiya to‘lovi naqd pul shaklida to‘lab berilgan.

Fuqaro Donayeva Xolbibi tomonidan mazkur manzilda 15.75 kv.metr hajmda 1 xonali turar joy va 4,00 kv.metr xojatxona imoratlari qurilgan. Sariosiyo tumani hokimining 28.09.2019 yildagi 6065-son qarori bilan Donayeva Xolbibi Ergashevnaning mazkur turar joyga egalik va mulk xuquqi e’tirof etilgan.

Sariosiyo tumani hokimining 28.09.2019 yildagi 6065-son qarori asosan

04.09.2019 yilda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shuningdek, Fuqaro Donayeva Xolbibining onasi fuqaro Donayeva Tursunoynnng nomiga Sharg‘un shahar hokimining 29.06.1993 yildagi 78/51-son qarori bilan Sharg‘un shahar, Shaxtyor ko‘chasidagi 45-uy, 9-xonadon (2 xonadan iborat, umumiy maydoni 66,5 kv.metr) fuqaro Donayeva Tursunoynnng shaxsiy mulki ekanligi tasdiqlangan. Mazkur manzilda hech kim yashamayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Uzun tumani 1-son Davlat notarial idorasining 2012 yil 17 yanvardagi hadya shartnomasiga asosan fuqaro Donayeva Tursunoy nomiga Sariosiyo tumani Aeroport mahallasi, Aeroport ko‘chasi 1/4-uy 13-xonadon davlat ro‘yxatiga olinganligi aniqlandi.