«Koreya Respublikasida milliy geografik axborot tizimi va infrastrukturasi mavzusi»da Davyergeodezkadastr qo’mitasi vakillari uchun amaliy trening

Davyergeodezkadastr va LX korporatsiyasi o’rtasida imzolangan Memorandumga muvofiq joriy yilning 28 oktyabridan 8 noyabriga qadar Koreya Respublikasida milliy geografik axborot tizimi va infrastrukturasi mavzusida Davyergeodezkadastr qo’mitasi vakillari uchun amaliy trening bo’lib o’tdi.

Trening davomida qo’mita mutaxassislari Koreyaning milliy geografik axborot tizimi, fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasi va uning imkoniyatlari, geoaxborot tizimi orqali yer resurslarini boshqarish, ko’chmas mulkni ro’yhatga olish tizimi, kadastr hujjatlarini yuritish va geodezik o’lchovlarni amalga oshirishda qo’llaniladigan TOSS axborot tizimlari hamda qurilmalar,  uchuvchisiz uchish apparatlaridan olingan ma`lumotlardan foydalanish ko’lami, Gwanak hokimyati qoshidagi “bir darchada” tashrif, internet va infokiosk orqali davlat xizmatlarini ko’rstish faoliyatlari kabi bir qator yo’nalishlar bilan ham nazariy ham amaliy jihatdan yaqindan tanishdilar. Darslar LX malaka oshirish institutining malakali professorlari, Sud ma’muriyati vakillari, Shinan universiteti professori va Hojung kompaniyasi bosh direktori   tomonidan olib borildi. Trening yakuniga ko’ra ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.

Mazkur trening O’zbekistonda milliy geografik axborot tizimi hamda fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasini shakllantirish uchun zaruriy bo’lgan kadrlar zahirasini yaratish va hududlardagi kadrlar salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.